Shayx Muhammad ibn Abdulvahhob (rah.) Tog‘utning ma’nosi haqida

Mehribon va Rahmli Alloh nomi ila

Bilgilki, Alloh senga rahm qilsin! Alloh odam farzandlariga yuklagan majburiyatlarning avvali tog‘utga kofir bo‘lib, Allohga iymon keltirishdir. Alloh taoloning quyidagi so‘zlari buning dalili hisoblanadi:

“Aniqki, Biz har bir ummatga: “Allohga ibodat qilinglar va tog‘utdan yiroq bo‘linglar”, (degan vahiy bilan) bir payg‘ambar yuborganmiz”. (Nahl: 36)

http://sodiqlar.info/uzb/index.php?newsid=3772

Tog‘utga qay tarzda kufr izhor qilish to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, sen Allohdan boshqaga ibodat qilish botil ekanligiga, bunday bandalikni tark etib, undan hazar qilishga hamda Allohdan o‘zgaga sig‘inayotganlarni kofir hisoblab, ularni dushman sanashga iymon keltirishing shart.

Allohga bo‘lgan iymonning mohiyatiga kelsak, sen Allohning ibodat qilishga loyiq yagona zot ekanligi hamda chin qalbdan barcha ibodatlarni yolg‘iz unga qaratish kerakligiga, Undan boshqaga sig‘inishni inkor qilishga, tavhid ahlini sevib, ularning do‘stlari bilan birodarlashishga hamda shirk ahlidan nafratlanib, ularni dushman sanamoq zarurligiga iymon keltirishing lozimdir.

Mana shu Ibrohim alayhissalomning dini bo‘lib, kim undan yuz o‘girsa o‘zi uchun nodonlikni ravo ko‘ribdi. Mana bu Alloh taoloning ibrat uchun o‘z so‘zida keltirgan misolidir:

“Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga bo‘lgan kishilarda (ularning kofirlarga qilgan munosabatlarida) go‘zal namuna bordir. Eslangiz ular o‘z qavmlariga: “Darhaqiqat bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilayotgan butlaringizdan bezormiz. Bizlar sizlar (ishonib “ibodat” qilayotgan but-sanamlar) ni inkor etdik. Toki sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirgunlaringizcha sizlar bilan bizning o‘rtamizda mangu adovat va yomon ko‘rish zohirdir”, dedilar”. (Mumtahana: 4)

Tog‘ut umuman hammasini – Allohdan o‘zga ibodat qilinadigan narsani, Allohga emas, balki bir qancha butlarga sig‘inishga rozi bo‘lgan kimsani, yoki Alloh va Rosuliga itoat qilinmay, unga itoat qilinuvchi narsa yohud ergashuvchi shaxsni o‘z ichiga olib, bularning bari tog‘utdir.

Tog‘utlar asli ko‘p, lekin asosan besh xil bo‘ladi:

1. Allohga ibodat qilmaslikga chaqiruvchi shayton. Alloh taoloning quyidagi so‘zlari bunga dalil bo‘lib xizmat qiladi:

“Men sizlarga “Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir” deb buyurmaganmidim ?!” (Yasin: 60-61)

2. Allohning qonunlarini o‘zgartiruvchi zolim hukmdor. Alloh taoloning quyidagi so‘zlari bunga dalil bo‘lib xizmat qiladi:

“(Ey Muhammad), o‘zlarini sizga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm so‘rab borishni istayotganlarini ko‘rmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yo‘ldan ozdirishni istaydi”. (Niso: 60)

3. Alloh nozil qilganiga muvofiq hukm qilmaydiganlar. Buning dalili Alloh taoloning mana bu so‘zlaridir:

“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir”. (Moida: 44)

4. G’aybni bilishni da’vo qiluvchi kimsa. Buning dalili Alloh taoloning quyidagi so‘zlaridir:

“(U zot) g‘aybni bilguvchidir. Bas, O’z g‘aybidan biror kimsani ogoh qilmas. Faqat O’zi rozi bo‘lgan payg‘ambarlarnigina (O’zining g‘aybidan sir-asrorining ayrimlaridan ogoh etar). Bas, albatta U toki (payg‘ambarlar) Robbilarining elchilik vazifalarini (o‘z ummatlariga) to‘la yetkazganlarini bilish uchun (O’zining g‘aybidan ogoh qilib qo‘ygan har bir payg‘ambarning) oldidan ham, ortidan ham kuzatguvchi (farishta) yo‘llar”. (Jin: 26-27)

Yana Alloh taoloning mana bu so‘zlari:

“G’ayb ochqichlari Uning huzuridadirkim, ularni yolg‘iz O’zigina bilur. U quruqlik va dengizdagi bor narsalarni bilur. Biron barg shoxidan uzilib tushmas, magar U bilur. Yer tublaridagi har bir don, bor ho‘lu quruq narsa, albatta Ochiq Kitobda (ya’ni Allohning ilmi azaliysida) mavjuddir”. (An’om: 59)

5. O’ziga sig‘inishlariga rozi bo‘lgan kimsa. Buning dalili Alloh taoloning quyidagi so‘zlaridir:

“Ulardan biron kimsa: “Men ham (Allohdan) o‘zga bir ilohman”, desa, bas, Biz o‘shani jahannam bilan jazolarmiz. Biz barcha zolim-mushriklarni ham ana shunday jazolaymiz”. (Anbiyo:29)

Bilgilki, inson tog‘utga kofir bo‘lmagunicha, mo‘min hisoblanmaydi. Buning dalili bo‘lib Allohning mana bu so‘zlari xizmat qiladi:

“Dinga zo‘rlab (kiritish) yo‘qdir. (Zero) haq yo‘l zalolatdan ajrab bo‘ldi. Bas, kim shaytondan yuz o‘girib, Allohga iymon keltirsa, u hech ajrab ketmaydigan halqani ushlabdi. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir”. (Baqara: 256)

Haq yo‘l – Muhammad sallallohu alayhi vasallamning dinidir.

Zalolat – Abu Jahlning (ya’ni shirk) dinidir.

Ajrab ketmaydigan mustahkam halqa bu – Allohdan o‘zga ibodat qilinishga loyiq zot yo‘qligiga guvohlik berish bo‘lib, u tasdiq – ya’ni faqat yolg‘iz Allohga qilinadigan har qanday ibodatni, va Allohning hech qanday sherigi yo‘qligini tasdiqlash hamda inkor – ya’ni Allohdan o‘zgaga qilinadigan har qanday ibodatni inkor etishni o‘z ichiga oladi.

Tarjimon: Muslim Buxoriy

Manba: http://www.kavkazcenter.com/russ/content/2013/02/26/96461.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: