“Sodiqlar” – Birodar Ammor

Nusxa oling: video

Parvona bo’lganda do’st-u yoronlar,
Jismimda farahlik bo’lganda hosil,
Qalbimni mast qilsa baxtiyor onlar,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.

Hissiz dil, hissiz ruh, hissiz tanalar,
Menga ulfat bo’lsa nodon va johil,
Kerakmas shuhrat-u, bu tantanalar,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.

Bo’g’zimga tiqilgan damda g’am-alam,
Qayg’ular yukidan ezilganda dil,
Majruh dilginamga aylagin malham,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.

Sinovlar zahmati og’ir kelganda,
Boshimga fitnalar kelsa xilma-xil,
Men g’aribni hamma dushman bilganda,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.

Rizqim bo’lib ado ajal kelganda,
Men uchun bu dunyo bo’lganda botil,
Ruhim bu tanamdan ajralganda ham,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.

Tog’lar titilganda yorilib samo,
Shohona qasrlar bo’lganda chil-chil,
Birga qil abrorlar birla doimo,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.

Mahsharga to’plangach barcha haloyiq,
Vujud terga botib osilganda til,
Soyangga meni ham aylagin loyiq,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.

Robbim, Jannatingdan etma benasib,
Firdavs bog’lariga aylagin doxil,
Jamoling ko’rishga etgin munosib,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.

Ushbu nashida “Badr at-Tavhid” studiyasining “Qasos-1430” nashidalar to’plamidan olingan.

Manba: Sodiqlar

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: