Sofiyyurrahmon Muborakfuriy: “Ar-rohiyq ul-maxtum”

Sofiyyurrahmon Muborakfuriy: "Ar-rohiyq ul-maxtum"

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning pokiza hayotlaridan qissa qiluvchi lavhalar.

Ayting (ey Muhammad): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi… (OliـImron:31)

(Ey mo‘minlar), sizlar uchun – Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambari (iymon-e’tiqodi va xulqi atvori)da go‘zal namuna bordir, – deydi. (Ahzob: 21)

Bizlarning najotimiz, g‘alabamiz, baxtu saodatimiz va kelajagimizning barchasi butun bashariyatning afzali bo‘lmish Muhammad alayhissalomning sunnati saniyyalariga ergashishimizga bog‘liqligida hech bir shak shubha yo‘q.

Agar siz biror kishidan ibrat olib, uning manhajiga, yo‘liga ergashmoqni istasangiz, u inson kim bo‘lmasin, xossatan sizning unga ergashishingiz ixlosu muhabbatdan va qadrlashdan bo‘lgudek bo‘lsa, uning xulqـatvorini, tutayotgan yo‘li, qilayotgan amallarini va urfـodatlarini o‘rganib, ergashmog‘iniz uchun u bilan birga yashab ko‘rmog‘ingiz zarur bo‘ladi.

Shunda siz uning buyurgan narsalariga amal qilmog‘ingiz, qaytarayotgan narsalaridan qaytib, ularni o‘zingizga lozim tutmog‘ingiz, uni quvontiradigan narsadan quvonmog‘ingiz, g‘azablantiradigan narsalaridan achchiqlanmog‘ingiz, unga hamroh bo‘lib, ishlarida yordam berib turmog‘ingiz mumkin bo‘ladi. Bu qaysidir bir odam haqidagi sizga lozim bo‘lgan narsadir.

Endi bu siz suyub ergashmoqchi bo‘lgan odamingiz Allohning payg‘ambari, xalqlar orasidan tanlab olingan muxtor elchisi, xalili va odamlarning eng afzali, butun bashariyat sayyidi Muhammad ibn Abdulloh bo‘lsaـchi?! Unga Robbimning salavotu salomlari bo‘lsin.

Tarjimon: Abu Mansur Ahmad

Kitobdan nusxa oling:

1. Makka davri: kirillcha PDF (3 MB)

2. Madina davri: kirillcha PDF (4 MB) | lotincha PDF

Onlayn o‘qing:

Sofiyyurrahmon Muborakfuriy: “Ar-rohiyq ul-maxtum” 1-jild
http://d1.scribdassets.com/ScribdViewer.swf

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: