Abdurrahmon ibn Hammod Oli Umar: “Islom – haq din”

Abdurrahmon ibn Hammod Oli Umar: "Islom - haq din"

Ey oqil, bilingki, agar yaratgan Rabbingizni tanimasangiz, Unga iymon keltirmasangiz, Uning o‘zigagina ibodat qilmasangiz, Rabbingiz sizga va barcha insoniyatga yuborgan payg‘ambaringizni tanimasangiz, unga iymon keltirmasangiz va ergashmasangiz, Rabbingiz sizga buyurgan haq dinni tanimasangiz, unga iymon keltirmasangiz va unga amal qilmasangiz sizga bu dunyo hayotida ham, o‘lgandan keyingi oxirat hayotida ham na najot, na saodat bor!

Qo‘lingizdagi bu kitob – “Haq din”da sizga bilish va amal qilish lozim bo‘lgan katta va muhim ishlar bayon qilingan. Uning hoshiyasida ehtiyojga qarab ba’zi so‘zlar va masalalarning qo‘shimcha izohlarini aytib o‘tdim, bularning hammasida Alloh taoloning Kalomi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislariga suyandim. Chunki, bu ikkisi Alloh huzurida faqat ugina maqbul bo‘ladigan haq dinning yagona manbasidir.

Ko‘pchilikni adashtirgan ko‘r-ko‘rona taqlidni tark etdim, balki o‘zini haq ustida deb da’vo qiluvchi, aslida esa haqdan juda ham yiroq bo‘lgan ayrim toifalarni aytib o‘tdim, toinki ularga bilmasdan qo‘shilib qolgan kishilar va boshqalar ularning hollaridan ogohlansinlar. Alloh O’zi madadkor bo‘lsin, U zot naqadar yaxshi madadkordir!

Alloh taoloning afviga muhtoj,
Abdurrahmon ibn Hammod Oli Umar

Kitobdan nusxa oling: RAR

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: