Islomda o’rni yo’q bayramlar

Tomosha qiling:

Ko’pchilik islomiy deb o’ylaydigan, ammo islomda umuman o’rni bo’lmagan bid’at va xurofot bayramlar mana bor. Ularni nishonlash xaromdir. Bunday bayramlarni nishonlash savob emas, balki katta-katta gunoh “ishlab olish”ga sababchi bo’ladi:

  • Mavlud – Rasululloh s.a.v. tug’ilgan kunlarini nishonlash. Bu kuni odamlarni uyga yoki masjidlarga to’plab, guruhlar bilan zikr qilib, salavotlar aytish va bazm qilish mumkin emas. Bu shunchaki oddiy kun bo’lmog’i kerak. Ibodatlar ham shunchaki oddiy kundalik ibodatlar bo’lmog’i kerak. Rasulullohning (s.a.v.) tug’ilganlari uchun Allohga shukronalik qilmoqchi bo’lganlar, unda faqat sunnatda bor bo’lgan ibodatni qilsinlar: har dushanba kuni Alloh rizoligi uchun nafl ro’zasini tutsinlar. Chunki Rasululloh s.a.v. dushanba kuni tug’ilganlar va o’zlari ham shu kunni nishonlab ro’za tutib yurganlar.
  • Isro va me’roj – bu kunni nishonlab bayram qilganlar bid’at ishga qo’l urgan katta gunohkorlardir.
  • Hijriy yangi yil – birinchi Muharram kuni o’zicha bayram qilib, o’yin-kulgu va tabrikbozlik qilsa, gunoh.

Quyidagi kunlarga Qur’on va Sunnatda alohida e’tibor beriladi. Bu kunlar bid’at kunlar emas. Ammo bu kunlarni qanday o’tkazishning Qur’on va Sunnatga ko’ra tartibi bor. Afsuski, ko’p xalqlarni bu tartiblarni bilmaydilar va shu muqaddas kunlari ibodat qilish o’rniga bid’at ishlar qiladilar:

  • Oshuro – bu kunda ro’za tutsa savob, ammo bayram qilib, dasturxonlar yozib, o’yin kulgu qilsa yoki shi’alarga o’xshab ko’chada tig’ bilan o’zini o’zi kesib qonini oqizsa, bu gunoh ishdir.
  • Laylatul qadr – bu tuni asosan ibodat qilish, tasbeh, namoz va istig’for aytish lozim. Bayram qilib, Qur’onning nozil b bo’lganini nishonlab bazm qilish bu mumkin emas.

Musulmon xalqlarga kofirlarning ta’siri tufayli kirib qolgan nishonlash xarom bayramlarga quyidagilar ham kiradi.

  • Yangi yil
  • 14-fevral
  • Sakkizinchi mart
  • Navro’z
  • Birinchi aprel
  • To’qqizinchi may – xotira kuni
  • Birinchi iyun – bolalar kuni
  • Mustaqillik kuni
  • O’qituvchilar kuni
  • Yubiley va tug’ilgan kunlar (shaxsiy yoki biror mashhur tarixiy kishlar)
  • Tarixiy shaharlarning 1000 yoki shu kabi “tug’ilgan kun” bayramlari

Amerikada yashayotgan musulmonlar ham kofirlarning ushbu bayramlarini nishonlamasinlar va nishonlayotgan kishilarning bazm-tadbirlariga qo’shilmasinlar:

  • Christmas – December 25
  • New year – January 1
  • Valentine’s day – February 14
  • St. Patrick’s day
  • Easter
  • April fools day
  • Memorial day – end of May
  • Independence day – July 4
  • Labour day – beginning of September
  • va boshqalar

Bu kabi islomda o’rni yo’q bayram va tadbirlarda qatnashish musulmonlar uchun mumkin emas. Bunday bayram tadbirlariga va bazmlariga bormang. Dasturxon yozib qo’yilgan ovqatlaridan yemang. Nafsiga va shaytonga ergashib, adashgan insonlarning gunohiga sherik bo’lmang. O’zingizni va xonadoningizni bu kabi bayramlardan tozalang.

Vallohu a’lam.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: