“La ilaha illalloh” shartlari

Alhamdulillahi robbil ‘alamin, vas-solatu vas-salam ‘ala ashrofil anbiya val mursalin, va ba’d.

“La ilaha illalloh”, ya’ni “Allohdan o’zga iloh yo’qdir” deb aytish va ishonish bu musulmonlikning shartlaridan biri va Jannatning kalitlaridan biridir. “La ilaha illalloh” (Allohdan o’zga iloh yo’qdir!) iborasining shartlari quyidagilardir.

1. Ilm, ya’ni Allohdan o’zga iloh yo’q deb bilish.
Ilmning teskarisi nima? Inson ilmga ega bo’lmasa demak u johil inson hisoblanadi. Demak inson Laa ilaha Illa Allaahning ya’ni Allohdan o’zga ibodatga loyiq zot yo’q ekanligi haqida ilmga ega bo’lishi shart ekan, bunga dalil:

“Bas, bilgin: Allohdan o‘zga ibodatga sazovor zot yo‘q, o‘zingning, mo‘minlarning va mo‘minalarning gunohlarini mag‘firat qilinishini so‘ra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur.” Muhammad surasi 47:19

Alloh taoloning “Bilgin” deb xitob qilishi aqida masalasida bilim zarurligiga ta’kiddir. Bu ishda ko‘r-ko‘rona taqlid foyda bermaydi. Demak, “Allohdan o‘zga ibodatga sazovor zot yo‘q”ligiga aqida qilish bilim asosida bo‘lishi juda ham yaxshi bo‘lar ekan.

2. Al-yaqiyn, ya’ni shak shubhaga ega bo’lmaslik.
Inson Laa ilaaha illa Allaah ekanligiga shak shubha qilmasligi shart. Bunga dalil:

“Albatta, haqiqiy mo‘minlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan, so‘ngra shubha qilmagan va Allohning yo‘lidan mollari va jonlari ila jihod qilganlardir. Ana o‘shalar, o‘shalargina (iymonida) sodiqlardir.” Al Hujurot surasi (49:15)

3. Ixlos – xolis niyatda bo’lishlik.
Inson Allohdan o’zga iloh yo’q ekanligiga ixlos bilan iymon keltiradi.

“Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo‘lmaslikka, namozni to‘liq o‘qishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu to‘g‘ri millatning dinidir.” Bayyinah surasi 98:5

4. As-Sidq, ya’ni sodiqlik bo’lish.
Sodiq bo’lish bu munofiqlikning teskarisidir. Bunga dalil:

“Va Odamlardan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik, deydiganlari bor. Holbuki, ular mo‘min emaslar. Ular Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi bo‘ladilar. Va holbuki, sezmasdan o‘zlarini aldaydilar. Ularning qalblarida kasal bor. Alloh kasallarini ziyoda qildi. Va ularga yolg‘on gapirganlari uchun alamli azob bor.” Baqara surasi 2:8-10

5. Muhabbat, uning aksi yomon ko’rishlik.
Inson “La ilaha illalloh” kalimasini yomon ko’rmaydi, yaxshi ko’radi. Dalil:

“Odamlar ichida Allohdan o‘zga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir. Zulm qilganlar azobni ko‘rgan chog‘larida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi!” Baqara surasi 2:165

Va yana Alloh taolo aytadiki:

“Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod bo‘lishdan qo‘rqqan tijoratlaringiz va xush ko‘rgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yo‘lida jihod qilishdan mahbubroq bo‘lsa, u holda Alloh O‘z amrini kelturguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas.” Tavbah surasi 9:24

Oyati karimada inson uchun bu dunyoda eng qadrli sakkiz narsa eslatilib, ulardan ham mahbubroq narsa Alloh, Uning Rasuli va Uning yo‘lida jihod qilish bo‘lmog‘i lozimligi uqtirilmoqda. Mazkur sakkiz narsaning hammasi yoki birortasi insonga Allohdan, Uning Rasulidan va Uning yo‘lida jihod qilishdan mahbub bo‘lsa, unda u insonning iymoni nuqsonga uchraydi.Bu dunyoda ota-ona insonlar uchun juda qadrdon hisoblanadilar. Islom dini ularga yaxshilik qilishni, ularni hurmatlash va e’zozlashni qattiq tayinlagan. Ammo shunday bo‘lsa-da, ularning muhabbati Allohdan, Uning Rasulidan va jihoddan ustun bo‘la olmaydi. Musulmon odam bu haqiqatni bilmog‘i lozim.

6. Al-Inqiyad, ya’ni taslim bo’lishlik. Alloh taolo aytadiki:

“Yo‘q, Robbingga qasamki, seni o‘z oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bo‘lmagunlaricha, zinhor mo‘min bo‘la olmaslar!” Niso surasi 4:65

Demak, iymonning, mo‘minlikning bir sharti–har bir narsada Payg‘ambarni (s.a.v.), ya’ni, Islom dinini hakam qilib olish zarurligidir. Mo‘min-musulmonman degan odam, mo‘min-musulmonmiz degan jamiyat o‘zining har bir ishini Islomning hukmi ila olib borishi kerak. Shu bilan birga, ushbu hukmga ham ichidan to‘la rozi, ham sirtidan butunlay taslim bo‘lishi kerak. Bu haqiqatni Alloh taolo qasam bilan ta’kidlab aytmoqda. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham o‘z hadislaridan birida: “Mening jonim qudrat qo‘lida bo‘lgan zot bilan qasamki, havoyu nafsi men keltirgan narsaga tobe’ bo‘lmaguncha, birorta odam mo‘min bo‘la olmaydi”, deganlar.

7. Al-qabul, ya’ni qabul qilishlik. La ilaha illallohni, ya’ni Allohdan o’zga iloh yo’qligini qabul qilishlik va shu iboraga teskarisini inkor etishlik. Alloh taolo aytadiki:

“… Yoki kitobning ba’zisiga iymon keltirib, ba’zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan o‘shani qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo‘lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan g‘ofil emas.” Baqara surasi(2:85)

8. Oxirgi nafasigacha shu kalimaga amal qilishlik. Alloh taolo aytadiki:

“Ey iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan o‘ting.Oli Imron surasi(3:102)

Ya’ni, Islomni o‘lguningizcha mahkam tuting. Demak, ikki asosning biri–dunyoda iymon bilan, taqvodor bo‘lib, Islomga to‘liq amal qilib o‘tmoqdir.

Bundan tashqari bu kalima shikrni, va shirkga olib boruvchi barcha narsalarni inkor qiladi. Shuning uchun ham inson shirkdan, shirkka olib boruvchi barcha narsalardan, hamda shirk ahlidan yiroq bo’lishi darkor. Alloh taolo aytadiki:

“Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar…” Niso surasi 4:36

Allohning O‘zigagina ibodat qilish, Unga hech narsani shirk keltirmaslik–tavhiddir. Bandalar uchun Allohning tavhidi asosiy aqidadir. Tavhid har bir insondan talab etiladi. U Allohning bandalaridagi haqqidir.

Video: Islomdan chiqaruvchi amallar

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: