Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir

Saqlab olish: FLV video, WMV HD video, WMV, MP3, MP3 audio
Muqobil: youtube, blip.tv

Ijro: Birodar Muhammad Xorazmiy.

Musiqasiz Islomiy nashida qo’shiqning she’riy matni:

Dunyo lazzatlari aldab qo’ymasin,
Bu mal’un dunyo deb dining kuymasin,
Qalbing gunohlarni aslo suymasin,
Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir.

Hech kimsa dunyoning ustuni bo’lmas,
Iymonda o’tganlar qayg’uni bilmas,
Haqning qiyomatdek hech kuni bo’lmas,
Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir.

Ogoh bo’l – aldanma nafs-u shaytonga,
Bu dunyo sinovdir har bir insonga,
Bir marta kelgaysan bu imtihonga,
Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir.

Senga tuhmat, bo’hton qilingan vaqtda,
Susaymagin aslo – sobit tur ahdda,
Tog’utlar abadiy qolmagay taxtda,
Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir.

Haq yo’lda ozorlar yetgay bu sunnat,
Sabrni o’zingga aylagin ziynat,
Taqvodorlar uchun oqibat – Jannat,
Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir.

Chiroyli va solih amallar qilgin,
Haq yo’lda bir go’zal namuna bo’lgin,
O’lsang ham chin mo’min holingda o’lgin,
Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir.

Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir.
Unutma o’lim haq, Qiyomat haqdir.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: